» » Abu-Dabidagi Happy Woman forumida o‘zbekistonlik ayollar ishtirok etdi

Abu-Dabidagi Happy Woman forumida o‘zbekistonlik ayollar ishtirok etdi


Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabuda 1—2-may kunlari Happy Woman forumi ilk marotaba o‘tkazildi.

Ukraina, Litva, Ozarbayjon, O‘zbekistondan tashrif buyurgan ayollar ushbu forumning faxrli ishtirokchilari va qahramonlari bo‘ldi. Biznesda, ilm-fanda, san’atda, tibbiyotda muvaffaqiyatga erishgan, oilada ham o‘z o‘rnini topishga ulgurgan ayollar baxt formulalari bn o‘rtoqlashish uchun forumga taklif etilgan.

13 nafar spiker ikki kun davom etgan forumda ishtirok etib motivatsion nutqlarini sozlab berdi. Hayotda doim izlanib, baxtli rahbar va bir vaqtning ozida baxtli ona bo‘lish, nafislik, nazokatni saqlab qolish oson emas, biroq imkoni bor. Bunga Happy Woman, ya‘ni “Baxtli ayol” forumiga yig‘ilgan ayollarni misol qilsh mumkin. Ularning jamiyatda ham, oilada ham, kasblarida ham o‘z o‘rinlari bor. Ular ayollarga xos emotsional tushkunlikdan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi.

Ilk marotaba tashkil etilgan forumning birinchi qahramoni — O‘zbekiston delegatisyadi vakilasi Marina Slastyona boldi. “Slastyona Ivents” kompaniyasining asoschisi va rahbari “Orzuni royobga chiqarish uchun kuch va ilhomni qayerdan topish kerak” mavzusida nutq so‘zladi. Slastyona Marina 15 yil ichida mingdan ziyod yirik tadbirlarni tashkillashtirishga ulgurgan. Masalan, yaqindagina Abu-Dabida bolib otgan Shayx Zayd nomidagi Madaniy meroslar festivalida Ozbekiston nomidan tashkilotchi bo‘lib ishlagan va yurtimiz 40 dan ziyod davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallagan edi.

Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli. Ikki kun davom etgan qiziqarli forumning asosiy maqsadi ham shu edi. Bu borada ayollar bir-birlari bilan erkin muloqot qilishga erishdi. Bu forum har yili yana ham kattaroq miqyosda o‘tkazilishi rejalashtirildi. Chunki birinchisining o‘zidayoq, 20 dan ortiq davlatlardan ishtirok etish uchun takliflar kelib tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют