» » Samarqandda kashtan daraxtini sindirgan shaxsni kuzatuv kameralari fosh etdi

Samarqandda kashtan daraxtini sindirgan shaxsni kuzatuv kameralari fosh etdi


Joriy yilning 6-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi oldida noma’lum shaxs kashtan daraxtlarini sindirib ketganligi aks etgan foto suratlar paydo bo‘ldi, deb viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Zarnews yozadi.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar hamda boshqarma qoshidagi “Situatsion markaz” kameralaridagi yozuvlar o‘rganilganda, ushbu bezorilikni Samarqand tumani Mironqul qishlog‘ida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan B.Samiyev sodir etganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur hodisani keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish va javobgarlik masalasi tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют