» » Ham ishga, ham o‘tirishga kiyish mumkin bo‘lgan kiyim-kechaklar

Ham ishga, ham o‘tirishga kiyish mumkin bo‘lgan kiyim-kechaklar


Maqolada ham ishxonada o‘rinli bo‘ladigan, ham bayramlar uchun mos keladigan kiyim-kechaklarni to‘pladik.

Qora futbolka ko‘ylak (ko‘ylakdek kiyib yurish mumkin bo‘lgan uzun futbolka)ning o‘zi juda zerikarli. Ammo unga to‘r ulansa, uni kiyib bemalol ziyofatlarga ham borish mumkin. Ishda esa uni odmi jaket bilan kiyish mumkin.

Bunday ko‘ylakni sipo tufli bilan ofisga, baland poshna bilan ziyofat oqshomlariga, shuningdek, oddiy krossovka bilan ko‘chaga kiyish mumkin.

Oq bluzka — ofis dresskodi doirasidagi mukammal top. Shu oq koftaning o‘zi, agar unda burma hoshiyalar bo‘lsa, hatto sipo qora shim bilan birgalikda ham tantanali ko‘rinish bag‘ishlaydi.

To‘q ko‘k baxmal matodan tikilgan midi uzunligidagi ko‘ylakning o‘ziyoq bashang ko‘rinadi. Shuningdek, to‘q rangi va bichimi uning ishxona uchun ham munosibligini ta’minlaydi.

Kombinezon dresskodga mos bo‘lishi uchun, uzun yengli va keng shimli bo‘lishi kerak. Agar bu ofisingiz uchun o‘ta “yengiltak”lik qilsa, uni qora pidjak bilan kiying.

Bu kiyim, albatta, ofis uchun mos kelmaydi. Ammo alohida vaziyatlarda maxfiy qurol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu jaketni o‘zingiz bilan ishxonaga olib keting va ziyofatga ketishdan oldin yelkangizga tashlab oling.

Manba: “New-retail.ru”

Опубликовано: admin (18-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют