» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent Botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent Botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi


Toshkent Botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan alohida salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qildi.

Bog‘da Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi aks ettirilgan. Poyezd va harbiy texnikalar namoyish qilingan.

Ramziy sahnada mashhur o‘zbek generali Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziyaning qahramonligi aks ettirildi. Prezident faxriylar bilan birga uni tomosha qildi.

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bu urushda O‘zbekistondan 1,5 milliondan ortiq odam qatnashgan. Butun xalq tinimsiz mehnat qilib, jang maydonlariga harbiy texnika va qurol-yaroq, kiyim-kechak, oziq-ovqat yetkazib turgan. Urush hududlaridan ko‘chirib keltirilgan 1 millionga yaqin insonga boshpana berib, o‘z rizqini baham ko‘rgan.

Bayram tadbirida mamlakatning barcha hududlaridan kelgan urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Xotira va Qadrlash kuni hamda G‘alabaning 74 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.

Keksalarga, mo‘’tabar faxriylarga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi.

Bayram tadbirida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, folklor jamoalar, estrada xonandalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Bunday tadbirlar mamlakatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют