» » Turkiyadagi dengizdan bir yarim tonna marixuana topildi

Turkiyadagi dengizdan bir yarim tonna marixuana topildi


Turkiyaning Ayvanlik kurort shaharchasi yaqinidagi Egey dengizi bo‘yidan turk jandarmasi va qirg‘oq soqchilari suvdan 1 551 kilogramm marixuana topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 8-may kuni sodir bo‘lgan. Vakuum qoplarga joylangan marixuanalarni olti kishi yog‘och qayiqda olib ketayotgan bo‘lgan. Yuk og‘irlik qilganidan qayiq cho‘kib ketgan.

Shundan so‘ng, dengizga oqib ketgan marixuana qoplarini huquq-tartibot xodimlari quruqlikka chiqarib olgan. Dengizdagi shubhali qoplar haqida ularga mahalliy aholi xabar bergan.

Yuklarni tashigan olti kishi qo‘lga olingan, ulardan beshtasi hibsga saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют