» » Surxondaryoda fuqaro 2 kishini Koreyaga ishga yuboraman deb, 8 ming dollarga chuv tushirdi

Surxondaryoda fuqaro 2 kishini Koreyaga ishga yuboraman deb, 8 ming dollarga chuv tushirdi


Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Mehnat” mahallasida yashovchi 26 yoshdagi Chori Qaynarov Sariosiyo tumanidagi Sharq Yulduzi mahallasida yashaydigan Rustam Esanov va Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar mahallasida istiqomat qilayotgan Sodiq Ochilov (ism-shariflar o‘zgartirildi)larni Koreya Respublikasiga ishga yuboraman, deb 8 ming dollarga “uxlatadi”. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘tgan yilning sentabr oyidan buyon xorijga ishga jo‘nab ketishni intiqlik bilan kutgan R.Esanov va S.Ochilov chuv tushganlarini bilib O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ishonch telefoni”ga murojaat etadi. Yolg‘on va’dalarga uchib, aldanib qolishganini ma’lum qiladi.

Ayni paytda Ch.Qaynarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

– Soddadil, ishonuvchan xalqmiz, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboyev. – Lekin, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deganlaridek atrofimizda firibgarlikka moyil shaxslar ham uchrab turadi. Afsuski, ayrim kishilar kutilmaganda ana shunday shaxslar girdobiga tushib qolganini juda kech anglab yetadi. Masalan, Jarqo‘rg‘on tumani Obodguzar mahallasida yashovchi Tilovmurod Rahimov, Rasul Jiyanov va Soqchi mahallasida yashaydigan Ollaberdi Primovlar Qumqo‘rg‘on tumani Elabod mahallasida yashovchi Soli Valiyevning tuzog‘iga ilinadi.

Mijozlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan S.Valiyev 2016-yil oktabr oyida ularning har biridan 2 ming 300 dollar miqdoridagi pulini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Mazkur holat bo‘yicha ham tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют