» » Bugun Rio–2016 qahramonlari ringga chiqadi: Uzbek Tigers vs China Dragons

Bugun Rio–2016 qahramonlari ringga chiqadi: Uzbek Tigers vs China Dragons


Bugun – 18-mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) “C” guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Shanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan janglarda Uzbek Tigers sharafini Qozog‘istonda Astana Arlans’dan yengilgan tarkib himoya qiladi. Ularga China Dragons’ning eng yaxshi bokschilari qarshilik ko‘rsatadi.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Yong Chang;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.

Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Mavzuga doir: Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют