» » Nazarboyev: Qozog‘istonning yutuqlari qat’iy hokimiyat vertikali tufayli

Nazarboyev: Qozog‘istonning yutuqlari qat’iy hokimiyat vertikali tufayli


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston kuchli prezident hokimiyati hamda siyosiy raqobatning yo‘qligi afzalliklari tufayli muvaffaqiyatlarga erishganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“100 foiz foydalanib qoldik. Biz hozir faxrlanadigan yutuqlarimizning barchasiga faqat shu tufayligina erishdik”, — dedi u Qozog‘iston bitta partiya hukmronligi va siyosiy raqobatning yo‘qligidan foydalana oldimi, yo‘qmi degan savolga javoban.

Nazarboyevning fikricha, Qozog‘istonda siyosiy raqobat bo‘lgan taqdirda ham, bu “raqobat emas, balki mushtlashuv bo‘lardi, chunki siyosiy madaniyat yo‘q”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda davlat dasturlarining amalga oshirilishi borasidagi yutuqlar “dasturlarni qabul qilishga, ushbu dasturlarni amalga oshirishga va odamlarga natijalarni ko‘rsatishga majbur qilgan qat’iy hokimiyat vertikali” tufaylidir.

Опубликовано: admin (18-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют