» » “Voditeli Namangana” Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan maxsus aksiya o‘tkazdi (foto)

“Voditeli Namangana” Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan maxsus aksiya o‘tkazdi (foto)


“Voditeli Namangana” guruhi 9-may—Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan maxsus aksiya o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga guruh asoschisi Maksim Semayev ma’lum qildi.

100 ta avtomobil, 2 ta yuk mashinasi va 4 ta mototsikldan iborat hamda viloyat YHXB kuzatuvidagi kolonna urush yillari musiqasi ostida Namangan shahri ko‘chalarini kezdi.

Aksiya davomida urush faxriylari yo‘qlandi.

Ularga guruh tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, Gross Insurance sug‘urta kompaniyasidan esdalik sovg‘alari, shahar tibbiyot birlashmasi ijtimoiy bo‘limidan esa sanatoriylarga yo‘llanmalar va nogironlik aravachasi taqdim etildi.

Qayd etish joizki, ushbu aksiya “Voditeli Namangana” guruhi tomonidan qatorasiga uchinchi yil o‘tkazib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют