» » Yevropa Ligasi. Arsenal yirik hisobda yutdi, Obameyangdan het-trik, Chelsi esa penaltilar seriyasida galaba qozondi (video))

Yevropa Ligasi. Arsenal yirik hisobda yutdi, Obameyangdan het-trik, Chelsi esa penaltilar seriyasida galaba qozondi (video))


9-may, payshanba kuni futbol boyicha Yevropa Ligasining 1/2 finali doirasida javob uchrashuvlari bolib otdi.

Unai Emeri qol ostidagi Londonning Arsenal klubi mehmonda Ispaniyaning Valensiya jamoasi bilan oynadi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida maydon egalari hujumchisi Kevin Gameyro Petr Chex darvozasiga top kiritgan bolsa, oradan 6 daqiqa otib topchilar hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hsiobni tenglashtirdi (1:1). 50-daqiqaga kelib esa fransiyalik Aleksandr Lyakazett londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 58-daqiqada Kevin Gameyro dublga erishdi (2:2). 69 va 88-daqiqalarda Pyer-Emerik Obameyang tarib darvozasiga gol urib, het-trikka erishdi (4:2).

Shu tariqa London klubi safarda kechgan bahsda Valensiyani 4:2 hisobida maglubiyatga uchratdi. Ikki oyin natijasiga kora esa hisob 7:3 Arsenal hisobiga hal boldi.

Mauritsio Sarri boshliq Londonning boshqa bir klubi Chelsi Stemford Brijda Germaniyaning Ayntraxt Frankfurt klubini qabul qildi.

Bellashuvning 28-daqiqasida aristokratlar yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik hisobni ochgan bolsa, 49-daqiqaga kelib mehmon jamoa azosi Luka Yovich hisobni tenglashtirdi (1:1).

Qolgan daqiqalarda hamda qoshimcha bolimlarda ham golib nomi aniqlanmadi.

Penaltilar Seriyasida London klubining qoli baland keldi va jamoa musobaqaning final yollanmasini qolga kiritdi (4:3).

Malumot uchun, Yevropa Ligasining final uchrashuvi 29-may kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bolib otadi. Unda Angliyaning ikki klubi Arsenal va Chelsi chempionlik uchun kurash olib boradi.

Yevropa Ligasi

1/2 final bahslari

9-may, payshanba

Gollar: 1:0 11 Gameyro, 1:1 17 Obameyang, 1:2 50 Lyakazett, 2:2 58 Gameyro, 2:3 69 Obameyang

Valensiya: Neto, Garay, Gayya, Pichchini (Soler, 56), Gabriel, Vass, Parexo, Koklen, Gedesh (Ferran Torres, 71), Rodrigo (Santi Mina, 72), Gameyro

Arsenal: Chex, Kosyelni, Monreal, Kolashinats (Mustafi, 71), Papastatopulos, Torreyra (Gunduzi, 80), Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Mxitaryan, 62), Lyakazett, Obameyang

Ogohlantirishlar: Garay (38), Gayya (43), Ozil (62).

Gollar: 1:0 28 Loftus-Chik, 1:1 49 Yovich

Penaltilar seriyasi: 4:3

Chelsi: Arrisabalaga, Kristensen (Dzappakosta, 74), Aspilikueta, Emerson, David Luiz, Kovachich, Jorjinyo, Azar, Loftus-Chik (Barkli, 86), Villian (Pedro, 62), Jiru (Iguain, 96)

Ayntraxt F: Trapp, Abraam, Falett, Hinteregger, da Koshta, Rode (de Guzman, 70), Kostich, Gachinovich (Pasiyensiya, 118), Hasebe, Rebich (Alle, 90+3), Yovich

Ogohlantirishlar: Falett (38), Rode (40), Kovachich (52), Aspilikueta (82), Abraam (90), de Guzman (90), Abraam (90), Dzappakosta (120+1)

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 04:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -