» » Pyer-Emerik Obameyang “Arsenal” tarixidan joy oldi

Pyer-Emerik Obameyang “Arsenal” tarixidan joy oldi


9-may, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi yarim finalining javob o‘yinida “Arsenal” safarda “Valensiya”ni mag‘lub etdi (4:2, ilk uchrashuv — 3:1).

Mazkur bellashuvda London klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang 3 ta golga mualliflik qildi.

Squawka’ning xabar berishicha, Obameyang “Arsenal” tarixida Yevrokuboklar yarim finalida het-trikka erishgan ilk o‘yinchi bo‘ldi.

So‘nggi bor 2016-yilning dekabr oyida Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Arsenal” futbolchisi Lukas Peres “Bazel” darvozasiga 3 ta to‘p kiritgandi. Yarim final doirasida esa hech bir “to‘pchi” bu ishni uddasidan chiqa olmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют