» » OAV: 10 milliondan ortiq odam Trampga impichment e’lon qilinishini qo‘llab-quvvatladi

OAV: 10 milliondan ortiq odam Trampga impichment e’lon qilinishini qo‘llab-quvvatladi


O‘n milliondan ortiq odam AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment jarayonlarini boshlash bo‘yicha petitsiyaga imzo chekdi. AQSh vakillik palatasining ikki nafar a’zosi — Rashid Tlaib hamda Al Grin ushbu hujjatni kongressga taqdim etish uchun liberal ijtimoiy harakatlar kaolitsiyasiga qo‘shildi. Bu haqda The Hill nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Trampga impichment e’lon qilinishini Need to Impeach, Free Speech For People, CREDO, MoveOn, Democracy for America, Women’s March, Courage Campaign kabi guruhlar ham qo‘llab-quvvatladi. 9-may kuni Kapitoliy yaqinida namoyishga demokrat kongressmenlar qo‘shilgan.

“Men doim odamlarga bir narsani ta’kidlayman — bu sizning vakillik palatangiz, nima qilishimizni sizlar aytasiz”, — deydi Tlaib. Mart oyida u vakillik palatasi Trampga nisbatan impichment jarayonlarini boshlashi to‘g‘risida rezolyutsiya kiritgan edi.

Avvalroq, vakillik palatasi spikeri Nensi Pelosi Tramp o‘ziga o‘zi impichment boshlayotganini ma’lum qilib, uni adolatni taqiqlashda ayblagan edi. Uning fikricha, mamlakat hozirda “konstitutsiyaviy inqiroz”ni boshidan o‘tkazmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют