» » AQShda jangovar kallaksiz maxfiy raketa yaratildi

AQShda jangovar kallaksiz maxfiy raketa yaratildi


AQSh anchadan buyon sir saqlab kelgan yuqori aniqlikka ega raketasini yaratib bo‘lib, sinovdan o‘tkazishga ham ulgurdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “Korrespondent” xabar berdi.

R9X nomini olgan raketa Hellfire raketasining modifikatsiya qilingani. Yangi raketaga o‘rnatilgan inert jangovar kallak portlamasdan 100 funtga yaqin (45 kg) metal lezviyalarni atrofga sochib yuboradi.

Bu orqali R9X yordamida faqat nishon yo‘q qilinadi, atrofdagi odamlar va buyumlarga deyarli zarar yetmaydi.

Bundan tashqari R9X’ning yana bir zarba berish usuli mavjud bo‘lib, raketa oltita uzun lezviya yordamida halqa hosil qilgan holda to‘qnashuvdan bir soniya oldin ularni nishonga otadi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi raketani yaratishdan maqsad terrorchilar AQSh Harbiy-havo kuchlarining zarbalariga qarshi turishni o‘rganib olgan va ko‘plab oddiy aholi orasiga yashirinmoqda.

“Bu kabi texnologiya zarba oqibatida halok bo‘ladigan oddiy aholi sonini kamaytiradi”, — deyiladi xabarda. Hozirda Markaziy razvedka boshqarmasi va Pentagon yangi qurolni maxfiy ravishda sinovdan o‘tkazib bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют