» » O‘zbekistonda ismli avtoraqamlarni joriy etish taklif qilindi

O‘zbekistonda ismli avtoraqamlarni joriy etish taklif qilindi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ismli (nomli) avtoraqamlarni joriy qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

“Harakat xavfsizligini ta’minlash sohasini yanada rivojlantirish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha pul to‘lash asosida avtomobil egasining ismi yoki u tomonidan taklif qilingan so‘z (nom) tushirilgan avtoraqamlarni joriy qilishni taklif qilaman. Aksariyat rivojlangan davlatlarda ushbu amaliyot mavjud”, — deb yozadi petitsiya muallifi.

Qayd etilishicha, mazkur turdagi avtoraqamlarni sotish davlat budjetiga ham mablag‘larni tushirishga xizmat qiladi. Aksariyat holatlarda yo‘l harakat qoidalarini qo‘pol tarzda buzish yoki ehtiyotsizlik natijasida piyodani urib yuborish va voqea joyidan qochib ketish holatlarida bunday avtomobil raqamlari zarur hisoblanadi. Kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan joylarda shunday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar sodir etilganda fuqarolar raqamlardan ko‘ra so‘zlarni yaxshiroq eslab qoladilar.

“Shu sababli, mamlakatimizda avtomobillar uchun avtomobil egasi tomonidan taklif qilingan so‘z (nom) tushirilgan avtoraqamlarni joriy qilishni taklif qilaman”, — deyiladi murojaatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют