» » Farg‘onada 84 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

Farg‘onada 84 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi


Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Prezidentining shu yil 23-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, urush qatnashchilari va faxriylariga alohida hurmat ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Ularning har biriga tibbiyot xodimlari biriktirilib, doimiy patronaj xizmati ko‘rsatilmoqda. Sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar ajratilmoqda.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyatda istiqomat qilayotgan 84 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabriknomasi, 7,5 million so‘mdan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Ana shunday tadbirlardan biri Marg‘ilon shahridagi Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jamol ota Jalilov xonadonida bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. 7 million 500 ming so‘m pul mukofoti va viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 94 yoshli Sodiqjon Mamayusupov Uchko‘prik tumanining Dona qishlog‘ida yashaydi. Besh yasharligida oilasi bilan Ukrainaga surgun qilingan. 17 yoshida jangga kirib, ikki marta yarador bo‘lgan. Unga ham Prezident farmoniga asosan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

“Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi vaqtida Ikkkinchi jahon urushi qatashchilari bilan qilgan samimiy muloqotini ko‘rib, quvondim. Kecha o‘zim ham bayram tadbirida qatnashdim. Yoshlarga urush xotiralari haqida gapirib berdim. Bayram arafasida tuman hokimi uyimizga kelib, Prezident tabriknomasi va pul mukofotini topshirib ketdi”, – deydi Sodiqjon Mamayusupov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют