» » Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylar bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylar bilan tanishdi (foto)


Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Bog‘iston ko‘chasiga kelib, qurilish maketlari bilan tanishgan, zarur ko‘rsatmalar bergandi. Oradan 5 oy o‘tib, bu yerda ulkan va zamonaviy mavze paydo bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu yerda jami 9 qavatli 24 ta uy bunyod etilishi loyihalashtirilgan. Hozirda 10 ta uyda qurilish yakunlanib, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Davlat rahbariga uylarning qurilish texnologiyasi, sifati haqida ma’lumot berildi.

Uylar innovatsion usullar asosida qurilgan bo‘lib, devorlari qo‘shimcha materiallar bilan qoplangan. Bu issiqlikni saqlash, energiyani tejash imkonini beradi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.

Prezident bu uylarning sifati, energiyani tejashi xalqimizga ma’qulligi, shu tajriba asosida mamlakatning boshqa hududlarida ham turar joylarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют