» » Nyu-Yorkda Maxfiy xizmat xodimining mashinasidan uning noutbukini o‘g‘irlab ketishdi

Nyu-Yorkda Maxfiy xizmat xodimining mashinasidan uning noutbukini o‘g‘irlab ketishdi


Nyu-Yorkda Maxfiy xizmat agentining mashinasidan noutbukni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda ABC News Amerika huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuterda Trump Tower osmono‘par binosi qavatlarining rejalari, Hillari Klinton tomonidan xizmat yozishmalari uchun xususiy serverlarning ishlatilganligi haqidagi tekshiruv hujjatlari va milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan boshqa axborotlar saqlanadi; noutbukdagi ma’lumotlar shifrlangan va masofadan turib qattiq diskdan o‘chirilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Maxfiy xizmat Reuters’ga ma’lum qilishicha, maxfiy axborotning noutbuklarda saqlanishi taqiqlangan. Agentlik o‘g‘irlik yuz bergani faktini tasdiqlatishga muvaffaq bo‘lganini yozmoqda.

Noutbuk bilan birgalikda o‘g‘irlab ketilgan mayda pul va sumkani keyinroq topishgan. ABC News yozishicha, politsiya qo‘lida jinoyatchi tushib qolgan videoyozuv bor.

Опубликовано: admin (18-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют