» » “Chelsi” Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi

“Chelsi” Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi


“Chelsi” Yevropa Ligasi yarim finalining javob o‘yinida “Ayntraxt”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (2:2, penaltilar seriyasi — 4:3).

Coral’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, bu London klubining mazkur musobaqada ketma-ket 17 ta uchrashuvdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi hisoblanadi (14 ta g‘alaba, 3 ta durang). Natijada “aristokratlar” ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan musobaqa tarixidagi dastlabki jamoa bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 29-may kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan final bahsida Londonning boshqa bir klubi “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют