» » Surxondaryoda elektr energiyadan noqonuniy foydalangan korxona ta’minotchiga 53 mln zarar keltirgani aniqlandi

Surxondaryoda elektr energiyadan noqonuniy foydalangan korxona ta’minotchiga 53 mln zarar keltirgani aniqlandi


Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida joylashgan qum va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonaning elektr energiyasi hisoblagichlarini tegishli idora xodimlari ko‘zdan kechirgani kelganida, korxona vakillari turli bahonalar bilan ruxsat bermagan. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Jamiyatning elektr energiyasidan foydalanishi o‘rganilganda, elektr hisoblagichning ichki xotirasi “V” va “S” fazalarida kuchlanish yo‘qligi aniqlangan hamda jamiyat tomonidan elektr energiya ta’minoti korxonasi bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmasdan elektr energiyadan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, ta’minotchi korxonaga jami 53 million so‘mdan ortiq zarar yetkazganligi aniqlandi va jamiyatning ta’minotchi korxonaga yetqazgan zarari to‘liq undirish choralarini ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют