» » 2019-yilning eng yaxshi va eng yomon aeroportlari va aviakompaniyalari aniqlandi

2019-yilning eng yaxshi va eng yomon aeroportlari va aviakompaniyalari aniqlandi


Ikkala reytingda ham birinchi o‘rinni Qatar o‘zining Xamad aeroporti va Qatar Airways aviakompaniyasi bilan egallagan. Bu haqda Spot xabar berdi.

AirHelp kompaniyasi har yili o‘z tadqiqotlari natijasini e’lon qiladi. Bu yil esa ushbu tadqiqot yettinchi marta o‘tkazildi. Dunyoda aeroportlar va aviakompaniyalarning juda ko‘p reytingi bor, ammo aynan shunisi eng nufuzli va xolis hisoblanadi.

Kompaniya aeroportlarni uchta mezon asosida baholaydi: ish tartibi, xizmat ko‘rsatish sifati, oziq-ovqat imkoniyatlari va sotib olish. Birinchisiga 60%, qolgan ikkita omilning har biriga 20 foizdan beriladi.

Aviakompaniyalarni esa o‘z vaqtida ishlashi, xizmat ko‘rsatish sifati va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi baholandi. Barcha omillar 30 foizdan baholanadi.

Ma’lumotlar bir necha manbalardan olinadi: savdo ta’minlovchilar, o‘zining ma’lumotlar bazasi, shuningdek, 2018-yil davomida 40 ming yo‘lovchidan 40 ta mamlakatda to‘plangan so‘rov natijalari.

Dunyoning eng yaxshi aeroporti Dohadadagi (Qatar) Xamad xalqaro aeroporti deb topildi. Ikkinchi o‘rinni esa Yaponiyadagi Tokio xalqaro aeroporti, uchinchi o‘rinni Gretsiyaning “Elefterios Venizelos” Afina xalqaro aeroporti egalladi.

Dunyodagi eng yomon aeroportlar Gollandiyaning Portela aeroporti, Quvayt xalqaro aeroporti va Niderlandiyadagi Eyndxoven aeroporti bo‘ldi.

Eng yaxshi aviakompaniya Qatar Airways, American Airlines va Aeromexico deb e’lon qilindi. Eng yomonlari esa Thomas Cook Airlines, EasyJet va Kuwait Airways bo‘ldi.

MDH mamlakatlaridagi barcha aeroportlar ichida Moskvadagi Sheremetyevo xalqaro aeroporti reytinglarning o‘ntaligida (oltinchi o‘rin) qayd etildi. O‘zbekiston reytingda qayd etilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют