» » O‘zbekistonda bloklangan qator xorijiy saytlar ishga tushirildi. Ular orasida BBC Uzbek, Fergana Agency, “Uzmetronom” va boshqalar bor

O‘zbekistonda bloklangan qator xorijiy saytlar ishga tushirildi. Ular orasida BBC Uzbek, Fergana Agency, “Uzmetronom” va boshqalar bor


O‘zbekistonda bloklangan qator xorijiy saytlar ishga tushirildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Allamjonovga ko‘ra, agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir tomonidan e’lon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kirish imkoniyati cheklanganligi haqidagi ma’lumotni o‘rganib chiqdi.

O‘rganish natijasida ko‘rsatilgan veb-resurslarning O‘zbekistonda to‘laqonli ishlashlariga to‘siq bo‘lgan texnik kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. 10-maydan e’tiboran Voice of America, “Amerika ovozi”, BBC Uzbek, Deutsche Welle, Amnesty International, Human Rights Watch, Reporters sans frontieres, Eurasianet.org, AsiaTerra, Fergana Agency, Centre1, “Uzmetronom” kabi veb-resurslar va boshqa xorijiy veb-saytlardan to‘liq foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.

“Alohida e’tirof etish lozimki, davlat rahbari doimo O‘zbekistonda so‘z va axborot erkinligi zarurligini ta’kidlaydilar. Shunga ko‘ra, agentlik jurnalistlar mavqeini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, davlat organlari shaffofligini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida faoliyatini davom ettiradi.

Shu bilan birga, biz xorij ommaviy axborot vositalari, umuman jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etishlari, tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют