» » Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov YXHT DIIHB direktori bilan uchrashdi

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov YXHT DIIHB direktori bilan uchrashdi


O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 17-mart kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Mixael Georg Link boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda, MSK matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.

MSK raisi komissiya tomonidan saylov qonunchiligini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va uning faoliyati haqida so‘zladi.

YXHT DIIHB direktori O‘zbekistonda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga, xususan, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarni davom ettirish, kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют