» » “Daryo” fotoreportaji: Berlin suv quvurlaridagi suv “baklashka”dagidan toza

“Daryo” fotoreportaji: Berlin suv quvurlaridagi suv “baklashka”dagidan toza


Germaniyada UzWaterAware loyihasi tomonidan tashkillangan stadi-tur ishtirokchilari Berliner Wasserbetriebe kompaniyasining suv tozalash tizimi bilan tanishishga taklif qilindi. Bu haqda “Daryo” vakili Alisher Azimov xabar bermoqda.

163 yillik tarixga ega stansiya rahbariga ko‘ra, ilgarilari iste’mol uchun daryo va ko‘l suvlari olingan bo‘lsa, hozirda faqat quduq suvidan foydalaniladi. Ularning chuqurligi 30 metrdan 170 metrgacha.

Yil davomida 350 million kubometr suv olinadi. Berlin kuniga 550 ming kub suv iste’mol qiladi. 1 kishi sarflanadigan suv me’yori 110 litrni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Toshkentda bu ko‘rsatkich 160 litrga teng.

Markaziy Osiyo davlatlarida suv asosan quvurlarning yomon holati tufayli yo‘qotiladi va isrof bo‘ladi. Germaniyada bu ko‘rsatkich 5, O‘zbekistonda esa 50 foizga teng.

Nemis mutaxassislari tomonidan foydalaniladigan texnologiyalar iste’mol suvining sifati savdo nuqtalarida qadoqlangan holda sotiladigan suvdan toza bo‘lishiga imkon beradi.

Tanishuvning keyingi nuqtasi Berlindagi eng yirik Ruhleben tozalash stansiyasi bo‘ldi.

1963-yilda ishga tushirilgan ushbu inshootga har kuni 8 dan 15 tonnagacha organik bo‘lmagan qattiq chiqindilar olib kelinadi.

Bu yerda tozalovning ikki — mexanik va biologik turlari qo‘llanadi. Shuningdek, chiqindilar pechda 750 dan 850 darajagacha haroratda kuydirish yo‘li bilan ham termik utilizatsiya qilinadi.

Berlin tozalash inshootlariga maxsus ekskursiyalar uyushtirilmaydi, ular faqat o‘quvchilar va talabalar uchun maxsus o‘tkazilishi mumkin. Ma’lumot uchun, Ruhleben stansiyasi faoliyati bilan tanishish uchun yiliga 1000 ga yaqin kishi keladi.

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Yevropa Ittifoqi ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan UzWaterAware loyihasi. Loyihaning milliy hamkori — Suv xo‘jaligi vazirligi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 128) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют