» » Amerikalik hovlisida ayiqlar jangiga guvoh bo‘ldi (video)

Amerikalik hovlisida ayiqlar jangiga guvoh bo‘ldi (video)


AQShlik fuqaro hovlisida ikki bahaybat ayiq olishayotganiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”. Voqea tasvirlangan video YouTube’ga joylashtirildi.

Unda ayiqlar orqa oyoqlarida turgan holda bo‘kirib, bir birini tishlayotganini ko‘rish mumkin. Ular uy egasiga umuman e’tibor qaratmagan.

Bir necha soniyadan so‘ng voqeani tasvirga olayotgan erkak uyiga kirib ketishga qaror qiladi. Chunki ayiqlar uning uyi eshigiga juda yaqin kelib qolgandi.

Erkakning aytishicha, uyi hovlisida bahaybat ayiqlarni ko‘rib hayratlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiqlar ehtimol, yaqinroqda turgan urg‘ochi ayiq uchun kurashgan.

Jang taxminan bir daqiqa davom etgan, shundan so‘ng ayiqlar tarqalgan, hovlida esa jun tutamlari va qo‘plab qon izlari qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют