» » Toshkentning sobiq hokimi Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkentning sobiq hokimi Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi


Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev Toshkentning Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ xabar bermoqda.

Xalq deputatlari Shayxontohur tumani kengashining 10 may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida To‘xtayevning nomzodi bir ovozdan qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, Abduqahhor To‘xtayev 1996—1999-yillarda ham Shayxontohur tumanini boshqargan.

U 2005—2011-yillarda Toshkent shahri hokimi bo‘lgan, 2013—2016-yillarda “O‘zLITIneftgaz” kompaniyasi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2016-yil kuzida Jizzax shahri hokimi, 2017-yilning aprelida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi.

Abduqahhor To‘xtayev 2018-yil aprelidan boshlab yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligini boshqarib kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют