» » Ukraina bosh prokuaturasi Poroshenkoni Yevromaydonda odamlar o‘limi yuzasidan so‘roq qildi

Ukraina bosh prokuaturasi Poroshenkoni Yevromaydonda odamlar o‘limi yuzasidan so‘roq qildi


Ukrainaning amaldagi pezidenti Pyotr Poroshenko 2014-yilda Yevromaydon chog‘ida sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha bosh prokuraturaga so‘roqqa keldi, deb yozadi Meduza.

Bu haqda Ukraina bosh prokuraturasining maxsus tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Gorbatyuk ma’lum qilgan.

“Menga ma’lum qilishlaricha, tergovchilar so‘roq qilishni boshlagan. Ehtimol, prezident so‘roq qilib bo‘lingandir”, — degan Gorbatyuk.

Poroshenko so‘roqdan so‘ng tergovchilarga qaytadan ko‘rsatma berganini aytgan.

“Umid qilamanki, mening qo‘shimcha savollarga bergan javobim tergovni yakunlashga yordam beradi”, — deb yozgan prezident o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Ukraina bosh prokuraturasi Yevromaydon ishi bo‘yicha Pororshenkoni ikkinchi marta so‘roq qilmoqda. Tergovchilar uni birinchi marta 2016-yilning noyabr oyida so‘roq qilgan. O‘sha paytda mamlakat prezidenti bo‘lgan Poroshenko tergov bayonnomasiga imzo qo‘yishdan bosh tortgan.

Avvalroq Poroshenko bosh prokuraturaga 2019-yilning 7-may kuni chaqirilgan, biroq u kelmagan. Sergey Gorbatyukning so‘zlariga ko‘ra, prezident suhbatni 9-mayga qo‘chirishga kelishgan.

Pyotr  Poroshenko Vladimir Zelenskiyning  inauguratsiyasiga qadar prezidentlik lavozimida qoladi. Zelenskiy 10-may kuni Ukraina Oliy Radasini inauguratsiyani 19-mayga belgilashga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют