WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekistonlik ayollar Open World dasturi doirasida AQShda bo‘lib qaytadi
O‘zbekistonlik ayollar Open World dasturi doirasida AQShda bo‘lib qaytadi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bir guruh faol ayollarni AQSh safariga yubormoqda. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saflarida deputat, sportchi, hokim o‘rinbosari va yoshlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan 5 nafar ayol Open World dasturi doirasida 15—28-may kunlari Rod-Aylend shtatida bo‘ladi. Ular okean ortiga yetakchilik sifatlarini oshirish uchun yuborilayotgani bildirilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyevaning joriy yil fevral oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralari davomida o‘zbekistonlik xotin-qizlarning AQSHda tajriba almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
5)
(
0)
(
4)
(
1)





- отсутствуют
