» » Bundesligada chempionlik so‘nggi turda hal bo‘ladi: “Bavariya” ochko yo‘qotdi, “Borussiya D” esa g‘alaba qozondi (video)

Bundesligada chempionlik so‘nggi turda hal bo‘ladi: “Bavariya” ochko yo‘qotdi, “Borussiya D” esa g‘alaba qozondi (video)


11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 33-turiga start berildi.

Turning markaziy o‘yinida Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Leypsig” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinda hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).

Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi “Signal Iduna Park”da “Fortuna Dyusseldorf”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Kristian Pulishich hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib “Fortuna Dyusseldorf” yarim himoyachisi Oliver Fink hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning 54-daqiqasida dortmundliklar futbolchisi Tomas Delaney jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90+2-daqiqada yarim himoyachi Mario Gyotse jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. Bellashuvning so‘nggi daqiqasida (90+5) mehmonlar o‘yinchisi David Kovnatski hisobni qisqartirdi (3:2).

Shu tariqa “Borussiya Dortmund” o‘z maydonida kechgan bahsda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mazkur turdan so‘ng Myunxen klubi 75 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan 2 ochko kam to‘plagan “Borussiya Dortmund” esa 2-o‘rinni egallab turibdi.

Bundesliga

33-tur bahslari

11-may, shanba

Gol: 0:1 — 39 Eggeshtayn

Gollar: 0:1 — 56 Drmich, 0:2 — 63, avtogol, Myul, 0:3 — 65 Azar, 0:4 — 80 Zakariya

Gollar: 1:0 — 39 Anton, 2:0 — 51 Bebu, 3:0 — 81 Uolas

Gollar: 1:0 — 10 Xan, 1:1 — 47 Plattenxardt, 2:1 — 50, penalti, Gregorich, 2:2 — 66 Gruich, 3:2 — 70 Gregorich, 3:3 — 76 Kalu, 3:4 — 90, penalti, Kalu

Gollar: 1:0 — 45 Kastro, 2:0 — 55 Donis, 3:0 — 83 Didavi

Gollar: 1:0 — 31 Xeverts, 1:1 — 47 Burgshtaller

Gollar: 1:0 — 41 Pulishich, 1:1 — 48 Fink, 2:1 — 54 Delaney, 3:1 — 90+2 Gyotse, 3:2 — 90+5 Kovnatski

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют