» » Uchtepa tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi

Uchtepa tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi


2018-yil may oyida Toshkentning Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Shuhrat Otamuhamedov vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati “Gazeta.uz”ga xabar qildi.

Bundan tashqari, tumandagi ikkita sektor rahbari — davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i va IIB boshlig‘i ham lavozimidan ozod etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni Uchtepa tumani rahbariyati va mahallalar raislari, ziyolilar hamda mansabdor shaxslar bilan bilan uchrashgan edi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari tumanda sanoat ishlab chiqarishi Toshkent shahri ko‘rsatkichidan ikki barobar kamligi, boshqa sohalar ham eng past darajada ekanini ko‘rsatib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют