» » Qoraqalpog‘istonda ayol kishi MIB xodimini kaltakladi va jarimaga tortildi (video)

Qoraqalpog‘istonda ayol kishi MIB xodimini kaltakladi va jarimaga tortildi (video)


Qoraqalpog‘iston Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi inspektori o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida kaltaklandi. Bu haqda “Sevimli TV”ning “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Davlat inspektori xonadonning energiya resurslari uskunalari ko‘rsatkichlarini ko‘rikdan o‘tkazadi va elektr energiyasidan vujudga kelgan 349 ming so‘m qarzdorlik uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomani beradi. Lekin talabnoma muddati o‘tsa ham, qarzdorlik bartaraf etilmaydi.

Xonadonni elektr energiyasi tarmog‘idan ajratishga borgan davlat inspektoriga ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro qarshilik ko‘rsatib, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi turli so‘zlar bilan haqorat qilib, xizmati vazifasini bajarishga to‘sqinlik qiladi hamda tan jarohati yetkazadi.

“Ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Beruniy tuman ma’muriy sudi qarori bilan fuqaroga eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют