» » Qarshi shahrining logotipi tasdiqlandi

Qarshi shahrining logotipi tasdiqlandi


Qarshi hokimligi shahar logotipini tasdiqladi, deya xabar berdi shahar ma’muriyati “Gazeta.uz”ga. Unda suv yig‘ishga mo‘ljallangan sardoba tasvirlangan.

Yer tubiga tushgan va tosh bilan yopilgan sardoba hovuzida ichimlik suvi saqlangan hamda undan foydalanilgan. Bu kabi omborda suv yilning jazirama davrida ham muzday holda turgan.

“Buyuk Ipak yo‘lining alohida qismlarida sardobalari bo‘lishi shart edi”, — deyiladi xabarda. Mazkur arxitektura inshooti milodning X asridan mashhur bo‘lgan.

Logotipga “The center of history” (“Tarix markazi”) shiori ham yozilgan. Qarshi Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan bo‘lib, 2006-yilda uning 2700 yilligi nishonlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют