» » Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi


Qozog‘istonning sobiq prezidenti, Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi raisi Nursulton Nazarboyev USM Holdings egasi Alisher Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti matbuot xizmatiga tayanib, “Zakon.kz” xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, Alisher Usmonov Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga munosib hissa qo‘shgani uchun ushbu ordenga munosib ko‘rildi.

“Elboshi, Alisher Usmonovga Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va savdo aloqalarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordenini topshirdi”, – deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют