» » La Liga. “Barselona” “Xetafe”ni qabul qiladi, “Real M” “Sosyedad” mehmoni bo‘ladi

La Liga. “Barselona” “Xetafe”ni qabul qiladi, “Real M” “Sosyedad” mehmoni bo‘ladi


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 37-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z maydonida “Xetafe”ni sinovdan o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar avvalgi turda “Selta” bilan kechgan o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz 2 ta to‘p olib chiqqandi (0:2).

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, “matraschilar” 36-turda “Espanyol”ga yirik hisobda taslim bo‘lgandi (0:3).

Shu kuni musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Zinedin Zidan boshliq “Real Madrid” jamoasi safarda “Real Sosyedad” mehmoni bo‘ladi. Ta’kidlash joiz, “Qirollik klubi” avvalgi turda “Vilyarreal”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Barcha uchrashuvlar 21:30 da boshlanadi.

36-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

37-tur bahslari

12-may, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют