» » Ramzan Qodirov Chechenistonda yakkakurashni rivojlantirish uchun Floyd Meyvezer bilan hamkorlikni boshladi

Ramzan Qodirov Chechenistonda yakkakurashni rivojlantirish uchun Floyd Meyvezer bilan hamkorlikni boshladi


Boks bo‘yicha besh vazn toifasida jahon chempioni, 40 yoshli Floyd Meyvezer Moskva viloyatida o‘z nomidagi “Boks akademiyasi”ni ochganidan keyin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning maxsus taklifga binoan 16-mart kuni Grozniy shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda “Sovsport.ru” xabar bermoqda.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov afsonaviy bokschining Grozniyga tashrifi borasidagi taassurotlari bilan Instagram’dagi sahifasi orqali bo‘lishdi.

Qadrli do‘stlar! Taklifimga binoan besh vazn toifasida jahon chempioni, boks afsonasi, mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan Floyd Meyvezer Chechenistonga tashrif buyurdi. Mehmon bilan birgalikla Gudermesdagi “Axmat” klubining ko‘p funksiyali sport majmuasiga keldik. Meyvezer mashg‘ulotlar jarayoni hamda bokschi va MMA jangchilarining chiqishlarini kuzatdi, sportchilar bilan suhbatlashdi. U Chechenistonda yakkakurashlar rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari

Ramzan Qodirov, shuningdek, bokschi bilan o‘zaro hamkorlik qilishni boshlaganini ma’lum qildi.

Floyd Chechenistonga yana bir bor tashrif buyurib, AQShdan boks va MMA bo‘yicha murabbiylar jamoasini taklif qiladi. Umid qilamanki, bizning hamkorligimiz uzoq davom etib, o‘z samarasini beradi. Ishonchim komil, u kabi buyuk sportchining tajribasi “Axmat” klubi tarbiyalanuvchilari uchun bebaho bo‘ladi.

Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют