» » Jeyms Kemeron “Qasoskorlar”ni “Titanik”ni ortda qoldirgani bilan tabrikladi

Jeyms Kemeron “Qasoskorlar”ni “Titanik”ni ortda qoldirgani bilan tabrikladi


Marvel kompaniyasining “Qasoskorlar. Intiho” filmi ikki hafta davomida to‘plangan mablag‘lar 2 milliard dollardan oshdi va kassabopligi bo‘yicha “Titanik”ni ortda qoldirib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda “112.UA” xabar berdi.

“Titanik” filmining rejissori Jeyms Kemeron “Qasoskorlar. Intiho” blokbasterining moliyaviy muvaffaqiyatiga havas qildi.

Shuning uchun u o‘zining Twitter sahifasida cho‘kayotgan “Titanik” va “Qasoskorlar. Intiho” logotipi tushirilgan suratni joylagan.

Suratning tagiga esa “Kevin va Marvel’dagi barcha insonlar uchun. Aysberg haqiqiy “Titanik”ni cho‘ktirgan edi. Mening “Titanik”imni esa “Qasoskorlar” cho‘ktirdi. Lightstorm Entertainment studiyasi sizlarni bunday muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. Sizlar kino sanoati nafaqt gullab-yashnayotgani, balki avvalgidan ham rivojlanib ketganini ko‘rsatdingiz”, — deb yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, Dunyo bo‘yicha namoyish etilgan ushbu film 11 kun davomida 2,189 milliard dollar to‘plab rekord daraja qayd etdi.

Hozirda “Qasoskorlar. Intiho” filmi “Avatar” filmidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. Taqqoslash uchun, Jeyms Kemeronning ushbu filmi 2,788 milliard dollar to‘plagandi.

“Qasoskorlar” filmining yakuniy qismi 25-aprel kuni katta ekranlarda namoyish etilgan. Dastlabki uch kundayoq kassaga milliard dollar yig‘ilgan bo‘lib, tarixda kassabopligi jihatidan eng muvaffaqiyatli filmlar qatoridan o‘rin oldi.

Film rejissorlari Entoni va Jo Russo. Ular Marvel’dagi avvalgi uchta super qahramon filmlari ustida ham ishlagan. Filmda kichik Robert Dauni, Kris Evans, Jeremi Renner, Bri Larson va boshqalar suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют