» » Samarqandda chaqiruvga ketayotgan tez yordam avtomashinasini yuk mashinasi urib yubordi (foto)

Samarqandda chaqiruvga ketayotgan tez yordam avtomashinasini yuk mashinasi urib yubordi (foto)


12 may kuni tongda, soat taxminan 4:05 da “Toshkent—Nukus” M-37 yo‘lining Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan o‘tgan 120-kilometrida MAN yuk mashinasi Damas tez tibbiy yordam mashinasini urib yuborgan. Natijada tuman tibbiyot birlashmasi Bolatli tez tibbiy yordam brigadasining uch nafar xodimi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu hodisa Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi Bolatli tez tibbiy yordam brigadasining uch nafar xodimi tumandagi “Dabusya” mahallasida yashovchi homilador ayol M.K.ning murojaati asosida chaqiriqqa borayotgan vaqtda bo‘lgan.

Tez yordam mashinasi yo‘lning qayrilib olish qismidan burilayotgan vaqtda MAN yuk avtomashinasi kelib urilishi natijasida 1965 yilda tug‘ilgan shifokor I.A., 1986 yilda tug‘ilgan feldsher O.D. hamda 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi E.U. og‘ir tan jarohati olgan.

Hozirda jabrlanganlar Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, shifokor nazoratiga olingan. Vazirlik axborotida tez yordam chaqirgan homilador ayolning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют