» » Video: Myanmada yo‘lovchi samolyoti shassisiz qo‘ndi

Video: Myanmada yo‘lovchi samolyoti shassisiz qo‘ndi


Myanmar National Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortida 89 yo‘lovchisi bilan Mandalay (Myanma) aeroportida shassilari ochilmagan holda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Aviation Safety xabar beradi.

Bu voqea Yangondan Mandalayga uchayotgan Embraer ERJ-190LR samolyoti bilan sodir bo‘ldi. Uchuvchilar samolyotni old shassilarini ocha olmaganidan so‘ng, yonilg‘ini bo‘shatib, pastlab uchgan holda ikkinchi urinishda uchish-qo‘nish yo‘lagiga muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.

Internetga joylashtirilgan videotasvirda samolyotning qanday pastlab uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nishi aks ettirilgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan hech kim jarohat olgani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют