» » A Seriya. “Yuventus” “Roma”ga yutqazib qo‘ydi (video)

A Seriya. “Yuventus” “Roma”ga yutqazib qo‘ydi (video)


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 36-turi doirasida 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi mehmonda SPALga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida neapolliklar yarim himoyachisi Markes Loureyro Allan raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 84-daqiqaga kelib SPAL a’zosi Andrea Petanya 11 metrlik jarima zarbasidan Aleks Meret darvozasini ishg‘ol qildi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib “Napoli” himoyachisi Mariu Ruy jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Shu tariqa “Napoli” safarda kechgan bahsda SPALdan ustun keldi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Napoli” ochkolari sonini 76 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni turning markaziy o‘yinida Massimiliano Allegri boshliq Turinning “Yuventus” klubi Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 79-daqiqasida Rim klubi himoyachisi Alessandro Florensi hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib hujumchi Edin Jeko hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi (2:0).

Shu tariqa “Roma” o‘z maydonida “Yuventus” ustidan g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (2:0).

Ushbu turdan keyin Ranyeri jamoasi 62 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan “Yuventus” hisobida esa 89 ochko mavjud.

A Seriya

36-tur bahslari

12-may, yakshanba

Gollar: 0:1 — 27 Burabia, 1:1 — 56 Belotti, 1:2 — 71 Lirola, 2:2 — 81 Zaza, 3:2 — 82 Belotti

Gollar: 0:1 — 11 Okaka Chuka, 0:2 — 41 Samir, 0:3 — 44 Okaka Chuka, 1:3 — 85 Dionisi

Gollar: 0:1 — 56 Farias, 0:2 — 75 Lorenso, 1:2 — 90, penalti, Kvalyarella

Gollar: 0:1 — 49 Allan, 1:1 — 84, penalti, Petanya, 1:2 — 88 Ruy

Gollar: 1:0 — 79 Florensi, 2:0 — 90 Jeko

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют