» » Isroil Suriya hududiga berilgan aviazarbalar sababini ma’lum qildi

Isroil Suriya hududiga berilgan aviazarbalar sababini ma’lum qildi


Isroil harbiy-havo kuchlarining Suriya bo‘ylab aviazarba berishidan “Hizbulloh” shia guruhining qurol yetkazib berishini to‘xtatish maqsadi ko‘zlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

U Isroil harbiy-havo kuchlari oldiga Suriyadan zamonaviy qurol-aslahalar kontrabandasiga chek qo‘yish vazifasi qo‘yilganligini ma’lum qildi.

“‘Hizbulloh’ zamonaviy qurollarini o‘tkazishga urinishini ko‘rib tursak va tegishli razvedka hamda tezkor manbalarga ega bo‘lsak, ularni to‘xtatib qolamiz”, — deya ta’kidladi mamlakat bosh vaziri.

U Isroil yuqoridagi kabi vaziyatlarning har birida shunday choralar ko‘rilishini ta’kidlab o‘tdi.

Isroil aviatsiyasi 17-mart kuni Suriya hududiga zarba berdi. Suriya harbiylari mamlakat havo hududiga kirgan samolyotlarni zenit raketalaridan o‘qqa tutdi. Damashq hodisa oqibatida Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlaridan biri urib tushirilganligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют