» » Ispaniyada sodir bo‘lgan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida 25 kishi jarohat oldi

Ispaniyada sodir bo‘lgan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida 25 kishi jarohat oldi


Ispaniyaning Kataloniya muxtor jamiyatida sodir bo‘lgan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 25 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

El Mundo nashrining ma’lumot berishicha, Barselona provinsiyasining San-Sadurni-d’Anoyya tumanida jami 12 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashgan.

Ta’kidlanishicha, noxush hodisa oqibatida 25 kishi jarohat olgan. Ularning ayrimlariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, aksariyati vertolyot yordamida shifoxonaga yetkazilgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida hududda 15 kilometrli tirbandlik yuzaga kelgan.

Ayni vaqtda ommaviy YTH nima sababdan yuzaga kelganini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют