» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosi o‘rganiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosi o‘rganiladi


Shavkat Mirziyoev 10-may kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuv chog‘ida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosini o‘rganish, kitoblarni chop etish bo‘yicha tavsiyalar berdi, deb xabar qiladi O‘zA.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nafaqat diniy, balki ma’rifiy, tarixiy, axloqiy, ijtimoiy mavzularda 100 dan ziyod kitoblar yozgan. Uning hikmatli asarlari, suhbatlari, televideniye va matbuotdagi chiqishlari har bir xonadonga kirib borgan.

Ta’kidlash kerakki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari rus tiliga ham tarjima qilinib, chop etilgan. “Tafsir Xilal” (Qur’on karimning sharhi), “Xadisi i Jizn”, “Iyman, Islam, Kur’an”, “Sunnitskiye veroubejdeniya”, “Raznoglasiya: prichini i resheniya”, “Vasatiya – put jizni”, “Schastlivaya semya”, “Otkritoe poslaniye”, “Istina o suti gadaniya”, “Zayom i svyazannie s nim voprosi” kabi kitoblar shular jumlasidandir.

Shuningdek, olimning asarlari ingliz, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yaqinda turk tiliga ham tarjima qilinib, nashrga tayyorlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblari keng ilmiy asosga ega bo‘lib, qo‘shni mamlakatlar, Rossiya va Yevropada ham o‘rganilmoqda.

Alloma juda qiyin va murakkab davrda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lib, diniy qadriyat va an’analar qayta tiklanishiga katta hissa qo‘shgan. Islom olamida ma’lum va mashhur bo‘lgan “Adabul mufrad”, “Muxtasarul Viqoya”, “Mazhablar – birlik ramzi”, “Mazhabsizlik – islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’at” kabi kitoblarni o‘zbek tilida sharhlagan. Muftiy vazifasida u kishi xalqaro miqyosda ham keng faoliyat yuritib, ko‘plab islom mamlakatlari bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga erishgan.

O‘sha davrda butun Sobiq Ittifoq bo‘yicha har yili bor-yo‘g‘i 20—30 kishi hajga borar edi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sa’y-harakatlari natijasida sho‘ro hukumatining musulmonlarga nisbatan siyosati o‘zgarib, masjid va madrasalar ochilgan, haj ziyoratiga boruvchilar ko‘paygan. 1990-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 500 nafar musulmon ilk bor Toshkent shahri orqali haj ziyoratiga borishga muvaffaq bo‘ldi.

U kishining dunyo musulmonlari o‘rtasidagi obro‘-e’tibori juda baland. Shayx hazratlari Butundunyo mutafakkir ulamolari uyushmasining Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Butunjahon musulmon ulamolari xalqaro uyushmasi, Butundunyo Islom uyushmasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning, Iordaniya qirollik akademiyasining ham a’zosi edi. U kishi Misrning “Nil lavri” oltin nishoni, shuningdek, Rossiya, Liviya va boshqa davlatlarning ko‘plab yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют