» » Jasur Umirov 15 kunlik qamoqdan song: Obroyimni ijod va mehnat bilan tiklamoqchiman (video)

Jasur Umirov 15 kunlik qamoqdan song: Obroyimni ijod va mehnat bilan tiklamoqchiman (video)


Ozi yoqtirgan qizni unga erga berishmayotgani uchun tanishiga tahdid qilgan va 15 sutkaga qamalgan xonanda Jasur Umirov jurnalist Jasur Hamroyevga intervyu berdi. Xonanda intervyu davomida qamoqdagi 15 kunlik hayoti qanday kechgani, ogir damda ozida qanday taskin bergani va kelgusidagi rejalari haqida sozlab berdi.

Birinchi kuni qamoqxonada kozimni ochib jinni bolib qolayozdim. Men qayerdaman? Shunday sanatkorni sindirmoqchi bolishdi, deb oylab chetdan ozimga nazar soldim.

Jasur sen kuchlisan, hozir mana shu yerda sinsang, keyin ozingni onglay olmaysan, deya ozimga dalda berdim.

Ota-onamga qiyinchilik tugdirdim, deb oyladim. Oldin kimnidir soksa qamab qoyishlarini bilmasdim. Bunday harakatlar uchun ham qamalish mumkinligini tushunib yetdim. Men harakatlarimni sevgi uchun kurash deb izohlayman. Qilgan ishimga achindim.

Qamoqda otirib, xalqni, muxlislarimni, song ozimni oyladim.

Obroyimni koproq ijod bilan, mehnat bilan tiklamoqchiman. Bu narsa odamlarni esidan chiqib ketadi. Bundan battar narsalar ham unutilgan, deydi xonanda.

Ustingizdan shikoyat qilgan yigitning ornida siz bolganingizda qanday yol tutgan bolardingiz? degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:

Men kechiruvchanman. Uni kechirardim. Biz u bilan qoshnimiz. Koz-kozga tushadi. Qoshnichilik hurmati uchun ham kechirardim. Qamoqda otirgan paytim, chiqsam undan och olish fikri ham keldi. Lekin oylay-oylay bu vaziyatda eng togri yol kechirish ekanligini anglab yetdim. U insonlar qasdlashishga arzimaydi.

Ogir damlarda hech yonimda hech qaysi dostlarimni kormadim. Qamalganimda ularning hammasi yoqolib qolishdi. Sanaatkorlar orasida dostlarim yoq. Ular bilan faqat salom-alik qilamiz, deydi xonanda boshiga ish tushganida dostlari dalda bergani yoki yoqligi haqidagi savolga javoban.

Bundan keyin umuman ijodni toxtatmayman. Hozirda yangi taronalarimga klip olish bilan bandman. Muxlislarimga ketma-ket yangi ijod namunalarini taqdim eta boshlayman, deydi Jasur Umirov kelgusidagi rejalari haqida gapirar ekan.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-05-2019, 10:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -