» » Ingushetiya shifoxonasida Rossiyaning eng yoshi ulug‘ qariyasi vafot etdi

Ingushetiya shifoxonasida Rossiyaning eng yoshi ulug‘ qariyasi vafot etdi


Ingushetiya shifoxonasida Rossiyaning eng yoshi ulug‘ qariyasi, 123 yoshli Alpaz Iliyev vafot etdi. Bu haqda respublika rahbari Yunusbek Yevkurov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“Bizning ulug‘ yosh qariyamiz, Rossiyaning eng yoshi ulug‘ fuqarosi Alpaz Iliyev 123 yoshida olamdan o‘tdi. Alpaz Lorosovich bir necha avlodlar almashuvining guvohi bo‘lgan, 8 farzandni voyaga yetkazgan. Uning 34 nabirasi, 35 nafar evarasi va bir necha chevaralari bor. U kishi xushko‘ngil qariya edi. Bunga men o‘zim bir necha bor shaxsan amin bo‘lganman”, — deya yozuv qoldirgan Yevkurov Instagram’dagi sahifasida.

Iliyev 6-may kuni Magas shahridagi respublika klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga tushib qolgan. Shifokorlar uning holatini og‘ir deb baholagandi.

Alpaz Iliyev 1896-yilning 1 martida tug‘ilgandi. U Rossiya rekordlar kitobiga eng yoshi ulug‘ fuqaro sifatida kiritilgan. U kishi hech qachon tamaki chekmagan, spirtli ichimliklar iste’mol qilmagan, dori vositalaridan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qilgan.

Alpaz Iliyev Birinchi jahon urushida ishtirok etgan. Ayni damda Ingushetiya rasmiylari Iliyevni dunyoning eng yoshi ulug‘ kishisi sifatida tan olish borasida ariza tayyorlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют