» » Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum qilindi


O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10-may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan ushlangani haqida xabar berilgan edi.

12-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupovning O‘zbekiston Prezidentiga yo‘llagan video murojaati paydo bo‘ldi.

“Daryo” ning DXXdagi ishonchli manbalari ushbu videomurojaat yuzasidan bayonotni taqdim etdi.

“1982-yilda tug‘ilgan Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishi yuzasidan bir nechta OAVlarda paydo bo‘lgan xabarlar munosabati bilan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini yana bir bor ma’lum qilamiz. Tergov harakatlarining boshlanganidan so‘ng gumonlanuvchiga advokat tayinlangan”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq, DXXga bir guruh fuqarolar (jabrlanuvchilarni himoya qilish zarurati tufayli ularni ismi oshkor etilmaydi) murojaat qilib, Said-Abdulaziz Yusupov ulardan firibgarlik yo‘li bilan, o‘zini maxsus xizmatlar xodimi sifatida tanishtirib, 65 ming, 28 ming va 15 ming AQSh dollarini olganini ma’lum qilgan.

2018-yilda Said-Abdulaziz Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha shunga o‘xshash jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, sud tartibida DXX xodimi sifatida taqdim etilgan “S. Yu” firibgarlik yo‘li bilan jabrlanuvchi – fuqaro Kanyazovning mablag‘lari 240 million so‘m (30 ming dollar) miqdorida berilganligi isbotlangan. Sud jarayoni natijalariga ko‘ra Yusupov zararni qoplashi munosabati shartli ravishda sudlangan.

Said-Abdulaziz Yusupov o‘z suhbatdoshlari, xususan jurnalistlarni o‘zining DXX ofitseri ekanligiga ishontirish maqsadida “Makarov to‘pponchasi tabel qurolini” yonida olib yurgan.

“Ushbu qurol Yusupovning ofisi ko‘zdan kechirilayotgan paytda protsessual tartibda musodara qilingan. Savol tug‘iladi—jamoat tashkilotining vakili, jurnalistga qurol nima uchun kerak? U kimni qo‘rqitmoqchi edi? Kimga qarshi qo‘llamoqchi edi?”, — deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют