» » Toshkentda militsionerning hayotiga nuqta qo‘ygan ikki o‘smir javobgarlikdan ozod etildi

Toshkentda militsionerning hayotiga nuqta qo‘ygan ikki o‘smir javobgarlikdan ozod etildi


2016-yilning 25-mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Amir Temur shoh ko‘chasida ikki maktab bitiruvchisi tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida militsiya xodimi halok bo‘lgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda mazkur hodisa qanday aynan qanday yuz bergani va aybdorlarga nisbatan qanday jazo qo‘llanilgani haqida axborot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilardan biri yuvib kelish sharti bilan avtomobilni uydan olib chiqqan va otasiga bildirmay, mashinani do‘sti bilan haydab ketgan. Ular Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda qo‘riqlash xizmati xodimi Yermuhammad Abduvaliyev halok bo‘lgan.

Xabar berishlaricha, rulda avtomobil egasining o‘g‘li emas, uning do‘sti bo‘lgan. Mashinasi olib chiqib ketilganligini nazorat qilmagan otaga ma’muriy chora ko‘rilgan.

“O‘quvchilarning jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmaganligi sababli jinoyat ishi yopildi. Aybdorlar Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish va reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. Ayni damda ikkala yigit ham kollejda tahsil olmoqda”, — deyiladi “Darakchi.uz” xabarida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют