» » Sergey Dorenko bilan vidolashuv marosimi qoldirildi. Rossiyalik jurnalistning qizlari qayta sud-tibbiy ekspertizasini talab qilmoqda

Sergey Dorenko bilan vidolashuv marosimi qoldirildi. Rossiyalik jurnalistning qizlari qayta sud-tibbiy ekspertizasini talab qilmoqda


Rossiyalik jurnalist, “Govorit Moskva” radiostansiyasi bosh muharriri Sergey Dorenko bilan 12-may kuniga belgilangan vidolashuv marosimi qoldirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ushbu radioga ko‘ra, politsiya qayta sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazish zarurati tufayli jurnalistning bevasiga jasadni berishdan bosh tortgan.

Bunday qaror Dorenkoning qizlari Kseniya va Yekaterinaning bayonotlari tufayli qabul qilingan. Ular otalari zaharlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

9-may kuni hayotdan ko‘z yumgan jurnalist qachon ko‘milishi hozircha noma’lum. Qo‘shimcha ekspertiza taxminan bir hafta vaqt olishi mumkinligi bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют