» » Parijning Orli aeroportida noma’lum shaxs harbiylarga hujum qildi

Parijning Orli aeroportida noma’lum shaxs harbiylarga hujum qildi


Noma’lum shaxs Parijning Orli aeroportida patrulda turgan harbiylardan birining qurolini tortib olishga urindi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Pichoq bilan qurollangan shaxs ayol harbiy xizmatchini garovga olishga harakat qilib, uning qurolini tortib olishga uringan. Shundan keyin u aeroport hududidagi do‘konlardan biriga yashiringan.

Muzokaralar samara bermagan va otishma boshlangan. Hujum qilgan shaxs o‘ldirilgan. Hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning yonidan hujjatlar chiqqan.

Politsiya hujum qilgan shaxsning sheriklari, yonida portlovchi uskuna bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash ustida ish olib bormoqda. Hodisa joyiga Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Le Ru va mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian yetib kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют