» » OAV: “Sheremetevo” aeroportida alanga olgan SSJ-100 samolyoti qurbonlari kamarini yechishga ham ulgurmagan

OAV: “Sheremetevo” aeroportida alanga olgan SSJ-100 samolyoti qurbonlari kamarini yechishga ham ulgurmagan


Moskvaning Sheremetevo aeroportiga qo‘nish chog‘ida alanga olgan SSJ-100 samolyotining dum qismidagi yo‘lovchilarda tirik qolish imkoniyati deyarli bo‘lmagan. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Camolyotning dum qismidan topilgan ko‘plab jasadlarning holati shundan dalolat bermoqda. Ular hatto kamarni yechishga ham ulgurmagan, kreslolarida tutundan zaharlanib o‘lgan. Kimlardir balki samolyot aeroportga qo‘ngandagi zarba chog‘ida hushini yo‘qotgandir. Barcha qurbonlarning o‘lim sabablari aniqlanmoqda”, — ta’kidlagan manba.

Manbaga ko‘ra, samolyotning dum qismidagi joni omon qolgan yo‘lovchilar havo kemasi qo‘ngunga qadar uning oldi qismiga o‘tib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют