» » Parij shimolida haydovchi politsiya xodimlarini o‘qqa tutib, avtomobilda qochib ketdi

Parij shimolida haydovchi politsiya xodimlarini o‘qqa tutib, avtomobilda qochib ketdi


Parij shimolidagi Sten kommunasida noma’lum shaxs hujjat tekshiruvi vaqtida politsiyachilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

BFMTV telekanali xabariga ko‘ra, hodisa 18-mart kuni mahalliy vaqt bilan 7:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) atrofida yuz bergan. Uch politsiyachi avtomobilni to‘xtatgan. Haydovchi hujjatlarini topshirgan, so‘ng qo‘liga qurol olib, tartib posbonlariga qarata o‘q uzgan.

Politsiyachilardan biri yaralangan. Haydovchi o‘zining Renault Clio avtomobilida hodisa joyidan qochib ketgan. Politsiyaning dastlabki taxminiga ko‘ra — haydovchi biroz keyinroq Orli aeroportida yuz bergan otishmaga aloqador.

Mavzuga doir: Parijning Orli aeroportida noma’lum shaxs harbiylarga hujum qildi

18-mart kuni tongda noma’lum shaxs Parijning Orli aeroportidagi harbiy patrulga hujum qildi. Harbiylar unga qarata o‘t ochgan, hujum qilgan shaxs hodisa joyida halok bo‘lgan. IIV axborotiga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют