» » Toshkentda soliqchilarning uchdan bir qismi ichki attestatsiyadan o‘ta olmadi

Toshkentda soliqchilarning uchdan bir qismi ichki attestatsiyadan o‘ta olmadi


Davlat soliq qo‘mitasida poytaxt soliq xizmati organlari xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Uning birinchi haftasida to‘rtta tuman – Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari soliq inspeksiyalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, davlat soliq inspeksiyalari xodimlarining 44 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan, 30 foizi yetarli bilimni tasdiqlay olmagan, qolgan 26 foizi esa shartli ravishda attestatsiyadan o‘tgan.

“Eslatib o‘tamiz, attestatsiya DSQ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Oldindan korporativ tarmoqdagi barcha xodimlar uchun mavjud bo‘lgan savol-javoblar ro‘yxati tayyorlandi. Sertifikatlanganlarning har biri savollarga o‘z ish profile orqali javob beradi.

Attestatsiyadan o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad-yuqori lavozimda ishlashga va mamlakatimiz soliq sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan kuchli va savodli mutaxassislarni aniqlashdir.

Bugun poytaxtimizning Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o‘z kasbiy mahoratini namoyish etadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют